
Soyasevar allolobofora
Allolobophora umbrophila Perel, 1977
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal endemik tur.
Tarqalishi: Xumson q. atrofi (Qorjantov t.).
Yashash joylari: Butalar bilan zich qoplangan yongʼoqli va boshqa mevali togʼ (d.s.b. 1000-1300 m) oʼrmonlari. Tuproqda, chuqur yer osti yoʼllarida yashaydi.
Soni: . Lokal populyatsiyalarda har kv. metrda 10- tagacha uchraydi.
Yashash tarzi: Bir necha yil yashaydi. Tuproq yuzasiga chiriyotgan oʼsimlik qoldiqlari bilan oziqla
nish va koʼpayish uchun chiqadi. Germafrodit, may oyida (baʼzan, kuzda ham) bir-birini oʼzaro urugʼlantirish orqali koʼpayadi; 1-2 dona pilla ichida 1-2 donadan tuxum qoʼyadi. Yilning quruq mavsumida to yogʼingarchiliklar boshlangunicha chuqur tuproq ostida harakatsiz holda yotadi. Tuproqni yaxshilaydi.
Cheklovchi omillar: Togʼ yonbagʼirlaridagi daraxt butalarning kesib tashlanishi, yaylovdan chorva- chilikda haddan tashqari koʼp foydalanish; zaharli kimyoviy moddalarni keng qoʼllash, tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi.
Koʼpaytirish. Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ugom- Chotqol milliy bogʼida muhofaza qilinadi. Tuproqni ifloslanishdan saqlash lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009