Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Aleksanor (Papilio Alexanor)
Maqomi 2 (VU:D): zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Shimoliy Turkiston (1) va Janubiy Turkiston-Afg‘oniston (2) kenja turlari. Tarqalishi Gʻarbiy Tyan-Shan (1), Gʻarbiy Pomir-Oloy (2). Oʻzbekistondan tashqarida: Qozog‘iston (1), Qirg‘iziston va Tojikiston (1, 2), Afg‘oniston (2). Turkmaniston, Kavkazorti, Gʻarbiy Osiyo, Janubiy Evropada – boshqa kenja turlari. Yashash joylari Turli-tuman o‘tli tog‘ (D.s.b. 1000-2500 m) dashtlarining mayda sochma toshli joylari. Soni Qisqarib bormoqda: ayrim yillari mavsum davomida bir nechta donasi, ayrim yillari esa lokal populyasiyalarda har 100 kvadrat metrda 1 donagacha uchrashi mumkin. Yashash tarzi Uchishi va tuxum qo‘yishi – may-iyunda, qurti iyun-iyulda Ugom (Ferula ugamica) (1) va Qorataka (F. karategina) (2) kavraklarida yashaydi. Gʻumbaklari 1 qishdan 9 qishgacha toshlar ostida qishlashi mumkin, kapalaklarning uchib chiqish davri har yili turlicha. Endoparazitlari: yaydoqchilar (Ichneumonidae: Trogus lapidator F.) – 60-80%, taxin pashshalar (Tachinidae) – 5-15%. Cheklovchi omillar Chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish va pichan tayyorlash, endoparazitizm. Ko‘payish xolati Tajriba yo‘li bilan ko‘paytirish mumkinligi tasdiqlagan. Muhovaza choralari Chotqol, Nurota qo‘riqxonalari va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009