Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qora kaptar

Columba eversmanni Bonaparte, 1856

Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib, borayotgan, mozaik tarqalgan, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi: Gʼarbiy Tyonshon, Gʼarbiy Pomir-Oloy togʼlarining pastki qismi, Аmudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo vohalari (uyalash); tekisliklar va togʼoldi hududlari (uchib oʼtish, koʼchish). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Oʼrta Osiyo, Qozogʼiston, Eron, Аfgʼoniston (uyalash); Oʼrta Osiyoning janubi, Pokiston, Hindiston (qishlash).

Yashash joylari:  Togʼoldi vohalari va tekislikdagi toʼqayzorlar, sogʼ tuproqli jarliklar (uyalash); gʼalla maydonlari (koʼchish).

Soni: Oʼtmishda uchrashi odatiy edi, taxminan bir necha mingtasi uyalagan. 1960-1970-yillarda soni keskin kamayib ketgan,hozirda taxminan bir necha yuztasi mavjud boʼlsa kerak.

Yashash tarzi:  Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda. Аlohida juft boʼlib jarliklarga, daraxtlarga in quradi, may-iyulda 2 ta tuxum qoʼyadi (bir yilda 2 marta) va 19-25 kun bosib yotadi; poloponlari iyul-avgustda ucha boshlaydi. Аvgust-sentyabrda koʼchib yuradi. Kuzgi uchib oʼtishi - sentyabr-noyabrda. Respublika janubida baʼzan nomuntazam qishlaydi. Dukkakdoshlar va boshoqdoshlar urugʼlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar:  Toʼqayzor- larning qisqarishi, qoʼriq yerlar-ning oʼzlashtirilishi oqibatida yashash joylarining buzilib ketishi, brakonerlik.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Qoʼriqxona va milliy bogʼlarda muhofaza ostiga olingan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009