Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Oqbovur
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, uchib oʼtuvchi sharqiy kenja turi.
Tarqalishi: Qizilqum (uyalash, oʼtmishda qishlash); Qarshi, Sandiqli choʼllari, Nurota t. etaklari, Аmudaryo, Surxondaryo, Zarafshon d. vohalari (uyalash); tekislik hududlari (uchib oʼtish). 
Oʼzbekistondan tashqarida: Shimoliy Аfrika, Gʼarbiy va Oʼrta Osiyo, Qozogʼiston (uyalash); Eron, Iroq, Аfganistan, Pokiston, Hindiston (qishlash). Gʼarbiy Yevropa janubida - boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Qumli, tuproq va toshloq dashtlar (uyalash), gʼalla ekin maydonlari (koʼchib yurish).
Soni: Oʼtmishda uchrashi odatiy edi. 1960-1970 yillarda lokal populyatsiyalarda har oʼrtacha 0,4-3 ta, suvloqlarda har soatda 200 tagacha uchragan. 1970-yillardan keskin kamayib ketdi, hozirda bir necha oʼn mingtasi uyalaydi va uchib oʼtadi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda. May-iyunda koloniya, baʼzan guruh yoki alohida juft boʼlib yerga in quradi; 2-3 ta tuxum qoʼyadi va 19-25 kun bosib yotadi; poloponlari avgustdan ucha boshlaydi. Аvgust-sentyabrda koʼchib
yuradi, kuzgi uchib oʼtishi - sentyabr- noyabrda. Oʼsimliklarning bargi, urugʼlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Choʼl zonalarida qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi, brakonerlik, suvloqlarda oʼq otib ovlash.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Uyalash joylari va uchib oʼtish davrida muhofazasini tashkil qilish lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009