
Larus ichthyaetus (Pallas,1773)
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, uchib oʼtuvchi tur.
Tarqalishi: Orol dengizi orollari, Janubiy Orolboʼyi (uyalash); tekislikdagi suv havzalari (uchib oʼtish), Sirdaryo va Аmudaryoning oʼrta oqimlari (qishlash).
Oʼzbekistondan tashqarida: Qrim, Kavkazoldi, Kaspiyboʼyi, Qozogʼiston, Moʼgʼuliston (uyalash); Shimoliy Аfrika, Kaspiyboʼyi, janubiy Qozogʼiston, Hindiston, Gʼarbiy, Oʼrta va Janubi-sharqiy Osiyo (qishlash).
Yashash joylari: Tekislikdagi shoʼr koʼllarning orol va qirgʼoqlari (uyalash), yirik suv havzalari baliq koʼpaytirish hovuzlari (uchib oʼtish, qishlash).
Soni: Ilgari uchrashi odatiy edi. Orol dengizi orollarida taxminan 3 ming qush uyalar edi; hozirda uyalamaydi, bir necha yuztasi uchib oʼtadi va qishlaydi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda. Yerga koloniya boʼlib in quradi, aprelda 2-3 ta tuxum qoʼyadi va 25-29 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - sentyabr-oktyabrda. Noyabrdan fevralgacha qishlaydi. Baliq va hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Orolboʼyida suv rejimining oʼzgarishi oqibatida yashash joylarining buzilishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Sudoche, Tuzkon, Qoraqir k. buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan.