
Limnodromus semipalmatus (Blyth, 1848)
Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [NT].
Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi, Sirdaryoning oʼrta oqimi (Chinoz sh. atrofi, Dalvarzin koʼllari (uchib oʼtish).
Oʼzbekistondan tashqarida: Janubiy Sibirь (uyalash), Janubi-sharqiy Osiyo (qishlash).
Yashash joylari: Tekislikdagi suv havzalarining botqoqlash gan qirgʼoqlari va sayozliklari.
Soni: Doimo kam boʼlgan. Yakka holda va guruh (2-6) boʼlib uchib oʼtadi. Dunyo populyatsiyasi 13000 tashkil qiladi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - aprel-mayda, kuzgisi - iyul-sentyabrda. Mayda baliq va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Аniqlanmagan.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Sudoche k. buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan.