Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Kichik uzunburun

Numenius tenuirostris Vieillot, 1817

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [CR].

Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi (uchib oʼtish).

Oʼzbekistondan tashqarida: Gʼarbiy Sibir (uyalash), Oʼrta Yer dengizi mamlakatlari (qishlash).

Yashash joylari:  Tekislikdagi suv havzalarining botqoqlashgan qirgʼoqlari va sayozliklari.

Soni:  Doimo kam boʼlgan. Ilgari gala (3-15) boʼlib ,hozirda - sanoqlisi uchib oʼtadi. Dunyo populyatsiyasi taxminan 800 donadan iborat, soni kamayib bormoqda.

Yashash tarzi:  Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda, kuzgisi - avgust-sentyabrda. Suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar:  Аniqlanmagan.

Koʼpaytirish:  Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Sudoche k. buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan. SITES ning I-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009