
Chettusia gregaria (Pallas, 1771)
Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [CR].
Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi, Kattaqoʼrgʼon va Chordara s.o., Аydarkoʼl, Sirdaryoning oʼrta oqimi (uchib oʼtish).
Oʼzbekistondan tashqarida: Ukraina, Rossiya gʼarbi, Qozogʼistonning dasht hududlari (uyalash); Shimoliy Аfrika, Hindiston, Pokiston, Eron (qishlash).
Yashash joylari: Tekisliklardagi suv havzalarining koʼpincha botqoqlashgan qirgʼoqlari.
Soni: Doimo kam boʼlgan. 1970-1980-yillarda mayda galalar (10-20) boʼlib uchib oʼtishi qayd etilar edi; hozirda esa yakka holda yoki mayda guruh (3-5) boʼlib uchib oʼtadi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - fevral-aprelda, kuzgisi - iyul-oktyabrda. Suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Janubiy Orolboʼyida suv rejimining oʼzgarishi va Qozog‘iston cho‘llarini oʼzlashtirilishi oqibatida yashash joylarining buzilishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Sudoche, Tuzkon k. buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan.