
Glareola nordmanni Nordmann, 1842
Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [NT].
Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi (uchib oʼtish, yozgi uchrashi; uyalashi ehtimoli ham mavjud); tekisliklar (uchib oʼtish).
Oʼzbekistondan tashqarida: Ukraina, Rossiya gʼarbi, Qozogʼistonning dasht hududlari (uyalash); Janu¬biy Аfrika (qishlash).
Yashash joylari: Tekisliklardagi suv havzalarining koʼpincha botqoqlashgan qirgʼoqlari; Orolboʼyi koʼllaridagi mayda orollar.
Soni: Doimo kam boʼlgan. Uchib oʼtishda va yozda (sh.j. Orolboʼyida) bir necha oʼntasi uchraydi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - aprel-mayda. May-iyunda, koʼpincha boʼz jiqtoq bilan aralash koloniyalarda, yerga 3¬4 ta tuxum qoʼyadi va 17-18 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyuldan ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - avgust-sentyabrda. Suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Janubiy Orolboʼyida suv rejimining oʼzgarishi va Qozogʼiston choʼllarining oʼzlashtirilishi oqibatida yashash joylarining buzilishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Sudoche k. buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan.