
Chlamydotis undulata (Jacquin, 1784) ssp. macqueenii (J.E. Gray, 1832)
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, uchib oʼtuvch sharqiy kenja tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].
Tarqalishi: Qizilqum choʼli.
Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkazorti, Misr, Gʼarbiy Osiyo, Oltoy, Moʼgʼuliston (uyalash), Gʼarbiy Osiyo janubi, Hindiston (qishlash). Shimoliy Аfrika, Kanar orollarida - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Choʼllarning barxanli, shoʼrxok qismi (uyalash), vohalardan tashqari barcha tekisliklar (uchib oʼtish).
Soni: 1,5-3 ming donasi uyalaydi (har bir kv. km. da 0,05-0,4 dan), 20 mingga yaqini uchib oʼtadi. 1960- yillarda soni va areali qisqargan; 1980-yillardan boshlab qisqarishi keskinlashgan.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib kelishi - fevral-martda. Аprel-mayda yerga 2-5 ta tuxum qoʼyadi va 21-24 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - avgust-noyabrda. Oʼt va oʼt urugʼi, umurtqasizlar, mayda kemiruvchilar va sudralib yuruvchilar bilan
oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi (1960- yillardan), brakonerlik. Uchib oʼtish va uyalash davrida qurol va lochinlar yordamida ruxsatsiz ovlash (1980-yillardan), tuxumi va poloponlarini yigʼish.
Koʼpaytirish: Oʼzbekiston parvarishxonalarida koʼpaytirish boʼyicha tadqiqotlar olib boril- moqda. Isroil, Saudiya Аrabistoni parvarishxonalarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Qarnabchoʼl buyurtmaxonasi va "Jayron" ekomarkazida muhofaza ostiga olingan. SITES ning I-Ilovasiga kiritilgan.