Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Bizgʼaldoq

Tetrax tetrax (Linnaeus, 1758)


Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [NT].

Tarqalishi: Tekislikdagi hududlar (uchib oʼtish); Turkiston t. (uyalashi mumkin), Oʼzbekiston janubi (qishlash). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Shimoliy Аfrika, Janubiy va Sharqiy Yevropa, Qozogʼiston (uyalash); Gʼarbiy Osiyo, Turkmaniston, Tojikiston (qishlash); koʼpgina uyalovchi populyatsiyalari 1950-1970 yy. yoʼq boʼlib ketgan.

Yashash joylari: Togʼ etaklarining oʼtoʼlan, butazorli tekislik- larining choʼllashgan, yarim choʼllashgan joylari, suv havzalari qirgʼoqlari (uchib oʼtish); kuzgi ekin maydonlari (qishlash).

Soni: Yakka-yakka holda yoki kichik guruh boʼlib uchib oʼtadi. 1960-1970-yy. juda kamayib ketgan, hozirda soni barqarorlashmoqda. Bir necha ming qush qishlaydi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib kelishi-mart-aprelda. Аprel-mayda yerga 2-5 ta tuxum qoʼyadi va 20-22 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi, kuzgi uchib oʼtishi-oktyabr-noyabrda. Hasharotlar va oʼsimliklarning yashil novdalari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi, brakonerlik.

Koʼpaytirish: Rossiya parvarishxonalarida koʼpaytiriladi. 

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009