
Otis tarda Linnaeus, 1758
ssp. tarda Linnaeus, 1758
Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasidagi uchib oʼtuvchi yevropa kenja turi. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].
Tarqalishi: Ustyurt yassi tekisligi (uchib oʼtish); Janubi- sharqiy Qizilqum, Zarafshon d. vohasi, Surxondaryo, Sherobod daryolarning quyi qismlari (uchib oʼtish, oʼtmishda - qishlash); Mirzachoʼl va Dalvarzin choʼli, Nurota t. etaklari (uchib oʼtish, oʼtmishda - uyalash).
Oʼzbekistondan tashqarida: Yevropa, Shimoliy Аfrika, Qozogʼiston, Gʼarbiy Sibirь janubi (uyalash); Gʼarbiy Osiyo (uyalash, qishlash); Turkmaniston, Tojikiston (qishlash). Sharqiy Sibirь janubi, Moʼgʼuliston, Primorьe (uyalash); Koreya, Xitoyda (qishlash) - boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Togʼ etaklaridagi ser oʼtli tekisliklar, yarim choʼllar, bedazorlar.
Soni: Oʼtmishda uyalashi kam, qishlashi odatiy boʼlgan, hozirda uyalamaydi va qishlamaydi; yakka holda va kichik guruh (11 tagacha) boʼlib uchib oʼtadi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda. Аprel-mayda yerga 2-3 tuxum qoʼyadi va 21-28 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-oʼtishi - oktyabr-noyabrda.
Cheklovchi omillar: Yarim choʼl zonalarida qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi natijasida yashash joylarining yoʼq boʼlib ketishi.
Koʼpaytirish: Yevropa parvarishxonalarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan