
Phasianus colchicus Linnaeus, 1758
ssp. zerafschanicus Tarnovski, 1891
Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, oʼtroq zarafshon kenja turi.
Tarqalishi: Zarafshon d. vohasi, oʼtmishda Qashqadaryo vohasi.
Oʼzbekistondan tashqarida: Yevropa, Tojikiston. Gʼarbiy va Oʼrta Osiyo, Qozogʼiston, Аfgʼoniston, Uzoq Sharq, Xitoy, Koreyada - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Toʼqayzorlar, qirgʼoq qamishzorlari; sugʼoriladigan yerlar (koʼchish).
Soni: 1960-1970 yy. keskin qisqarib, areali janubida umuman yoʼq boʼlib ketgan. Hozirda soni barqarorlashgan (jami 5 mingga yaqin) boʼlsada, birok muhofaza choralariga bogʼliq (Zarafshon qoʼriqxonasida - 2 mingga yaqin).
Yashash tarzi: Koʼp modali. Inini yerga quradi. Mart-iyulda 4-16 ta tuxum qoʼyadi va 23-24 kun bosib yotadi; poloponlari avgust-sentyabrdan ucha boshlaydi.Hasharotlar, chakanda mevalari va oʼtlarning urugʼlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Toʼqayzorlarning qisqarishi, 1960-1970 yillarda pestitsidlarning haddan tashqari koʼp qoʼllanilishi,brakonerlik.
Koʼpaytirish: Zarafshon qoʼriqxonasida koʼpaytirish tajribasi mavjud.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Zarafshon qoʼriqxonasida muhofaza ostiga olingan.