
Falco pelegrinoides Temminck, 1829
ssp. babylonicus Sclater, 1861
Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, yarim oʼtroq kenja tur.
Tarqalishi: Gʼarbiy Tyonshon, Gʼarbiy Pomir-Oloy, Qizilqumdagi qoldiq togʼlar (uyalash). Barcha hududlarda koʼchib yuradi.
Oʼzbekistondan tashqarida: Oʼrta va Markaziy Osiyo, Qozogʼiston, Eron, Аfgʼoniston (uyalash), Hindiston (qishlash). Shimoliy Аfrika va Аrabistonda - boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Sogʼ tuproqli jarliklar, past va qoldiq togʼlar toshqoyalari (uyalash).
Soni: Doimo kam boʼlgan. 1990-yillardan lokal kamayib bormoqda. Jami, taxminan, 15-20 jufti uyalaydi; janubiy hududlarda sanogʼlisi qishlaydi.
Yashash tarzi: Qoyalar, jarliklarda uyalaydi; fevral-aprelda 3-5 ta tuxum qoʼyadi va 28-30 kun bosib yotadi; poloponlari may-iyunda ucha boshlaydi. Kuz va qishda uzoq masofalarga koʼchadi. Kuzgi koʼchishi - sentyabr-noyabrda, dekabrdan fevralgacha qishlaydi; bahorgi uchib oʼtishi - martda. Mayda va oʼrtacha qushlar, baʼzan kemiruvchilar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Noqonuniy ovlash, inlarining vayron qilinishi.
Koʼpaytirish: Yevropa parvarishxonalarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Surxon va Hisor qoʼriqxonalarida muhofaza ostiga olingan. SITES ning I-Ilovasiga kiritilgan