Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Lochin

Falco peregrinus Tunstall, 1771

ssp. callidus Latham, 1790 (1)

ssp peregrinus Tunstall, 1771(2)

Maqomi: 2(VU:R): Kosmopolit turning zaif, tabiatan kamyob, nominal va tundra kenja turlari.

Tarqalishi: Tekisliklar va togʼoldi hududlari (uchib oʼtish, qishlash). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Yevroosiyo oʼrmon zonalar (2) va tundra (1) (uyalash); Shimoliy Hindiston, Gʼarbiy va Oʼrta Osiyo (qishlash). Аrealining qolgan qismida -boshqa koʼchmanchi va uchib oʼtuvchi kenja turlari.

Yashash joylari: Tekisliklar va togʼ etaklari.

Soni: Doimo kam boʼlgan. Yakka holda va guruh (2-5) boʼlib 200-300 si (har yili har xil) uchib oʼtadi va qishlaydi.

Yashash tarzi: Kuzgi uchib oʼtishi - oktyabr-noyabrda. Noyabrdan fevralgacha qishlaydi. Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda. Kemiruvchilar va qushlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Noqonuniy ovlash.

Koʼpaytirish: Yevropa parvarishxonalarida koʼpaytiriladi. 

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009