Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Itolgʼi
Falco cherrug J.E. Gray, 1834 
ssp. coatsi Dementiev, 1945 (1) 
ssp. cherrug J.E. Gray, 1834 (2) 
ssp. milvipes Jerdon, 1871 (3)

Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, uyalovchi, uchib oʼtuvchi turkiston (1), nominal va mongol uchib oʼtuv- chi, va qishlovchi (2,3) shimoliy kenja turlari. TMXI qizil royxatiga kiritilgan [EN].
Tarqalishi: Tekisliklar va past togʼli hududlar (1 - uyalash, koʼchish; 2 - uchib oʼtish, qishlash).
Oʼzbekistondan tashqarida: Oʼrta Osiyo, Qozogʼiston janubi, Eron, Xitoy (Sinjon), Аfgʼoniston (1 - uya-lash, koʼchish); Rossiyaning osiyo qismi janubi, Qozogʼiston shimoli (2 - uyalash), oʼarbiy va Oʼrta Osiyo, Hindiston (2 - qishlash). Yevropa, Markaziy Osiyo (uyalash); Shimoliy Аfrika, Hindiston, Sharqiy Xitoyda (qishlash) - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Soz tuproqli jarliklar, past va qoldiq togʼlar qoyatoshlari (uyalash).
Soni: 1990-yillardan lokal joylarida kamayib bormoqda.Taxminan 120-150 jufti uyalaydi, 500-700 tasi koʼchib yuradi, janubiy hududlarda 100-150 tasi, qolgan hududlarda sanoqlisi qishlaydi.
Yashash tarzi: Qoyalar, jarliklar, elektr uzatish liniyalari ustunlarida in quradi; fevral-martda 3-5 ta tuxum qoʼyadi va 28 kun bosib yotadi; poloponlari may-iyun oylarida ucha boshlaydi. Kuzda va qishda keng koʼlamda koʼchib yuradi. Kuzgi uchib oʼtishi - sentyabr-noyabrda, dekabrdan fevralgacha qishlaydi. Bahorgi uchib oʼtishi - martda. Kemiruvchilar, qushlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Kemiruv-chilar sonining oʼzgarib turishi,noqonuniy ovlash, inlarining bu- zib tashlanishi. Elektr uzatish tizmalarida koʼpi nobud boʼladi.
Koʼpaytirish: Oʼzbekiston, Yevropa, Аmerika parvarishxonalarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Qoʼriqxonalar va milliy bogʼlarda muhofaza ostiga olingan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009