Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Kuyka (choʼl miqqiysi)
Falco naumanni Fleischer, 1818

Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].
Tarqalishi: Gʼarbiy Tyonshon, Gʼarbiy Pomir-Oloy, Qizilqumning qoldiq togʼlari, Аmudaryoning quyi qismi, Zarafshon d. vohasi (uyalash); barcha hududlardan uchib oʼtadi. 
Oʼzbekistondan tashqarida: Janubiy Yevropa, Shimoliy Аfrika, Gʼarbiy Osiyo shimoli, Oʼrta Osiyo, Qozogʼiston, Janubiy Sibirь, Moʼgʼuliston (uyalash), Oʼrta va Janubiy Аfrika, Gʼarbiy Osiyo janubi, Hindiston (qishlash).
Yashash joylari: Tekisliklar va togʼoldi hududlari.
Soni: 1970- yillargacha uyalashi va uchib oʼtishi odatiy edi. 1970-1980 yy. janubiy hududlarda 50- 300, shimoliy hududlarda - sanoqli jufti uyalagan; jami, taxminan, 500 tacha uyalovchi jufti boʼlgan. Hozirda soni asta-sekin kamayib bormoqda.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda. Jarliklar va qoyalarning oʼyiqlarida koloniyalar tashkil qilib inlaydi; aprel- mayda 3-5 ta tuxum qoʼyadi va 28 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - avgust-oktyabrda. Hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Hududlarning xoʼjalik maqsadida oʼzlashtirilishi tufayli yashash joylarining vayron qilinishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Togʼ qoʼriqxonalari va milliy bogʼlarda muhofaza ostiga olingan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009