Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Kichik burgut

Hieraaetus pennatus (S.G. Gmelin, 1788)

ssp. milvoides (Jerdon, 1839)


Maqomi. 2 (VU:D): Zaif,qisqarib borayotgan, uchib oʼtuvchi oʼrtaosiyo kenja turi.

Tarqalishi:  Gʼarbiy Tyonshon, Gʼarbiy Pomir-Oloy, Sirdaryo havzasi (uyalash); deyarli hamma hududlarda (uchib oʼtish). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Qirgʼiziston, Tojikiston, Qozogʼiston, Janubiy Sibirь, Moʼgʼuuliston (uyalash); Hindiston, Pokiston (qishlash). Yevropa, Аfrika, oʼarbiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Аvstraliyada - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Togʼ va tekislikdagi qayir oʼrmonlar.

Soni: 1950-yillargacha uchrashi odatiy edi. 1980-yillarda uyalaydigan 20 jufti hisobga olingan (Nurota t. - 14, Turkiston t. - 2, Za-rafshon t. - 2, Chotqol t. - 2). Hozirda soni juda kamayib ketgan.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda. Daraxtlarda in quradi; aprel-may oylarida 1¬3 ta tuxum qoʼyadi va 38 kun bosib yotadi; poloponlari avgustdan ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - avgust-sentyabrda. Mayda va oʼrtacha qushlar, kemiruvchilar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar:  Toʼqaylarning kesilishi va togʼ vohalarining oʼzlashtirilishi oqibatida yashash joylarini yoʼq qilinishi, odamlar tomonidan (ayniqsa 1940-1950 yy. yirtqich qushlarni yoʼq qilish kampaniyasi) taʼqib qilinishi.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Togʼ qoʼriqxonalari va milliy bogʼlarda muhofaza ostiga olingan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.



«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009