
Hieraaetus fasciatus (Vieillot, 1822)
ssp. fasciatus (Vieillot, 1822)
Maqomi. 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan uchib oʼtuvchi shimoliy yoki nominal kenja tur.
Tarqalishi: Qizilqum (koʼchish, oʼtmishda - uyalash), Hisor, Nurota, Oloy t., Zarafshon d. qayiri, Toshkent sh. atroflari (ilgari uyalagan, koʼchib oʼtgan boʼlishi mumkin).
Oʼzbekistondan tashqarida: Janubiy Yevroosiyo, Shimoliy Аfrika. Oʼrta va Janubiy Аfrika, Indoneziyada - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Qoldiq togʼ va togʼ etaklaridagi qoyaliklar.
Soni: Doimo kam boʼlgan. Qizilqumdagi qoldiq togʼlarda topil gan sanoqli uyalari maʼlum. Ehtimol Kattaqoʼrgʼon va Sherobod atroflarida ham boʼlgan. XX asr boshidan 1960-yillargacha 20 ga yaqin koʼchmanchi zoti qayd etilgan. Hozirda uyalamay qoʼygan. 1980-1990-yy. janubi-gʼarbiy Qizilqumda koʼchib yuruvchi 4 donasi hisobga olingan ("Jayron" ekomarkazi, Qarnabchoʼl). ponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Qushlar (kaklik, qirgʼovul, kaptar, chil) bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi; inson tomonidan taʼqib qilinishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralariЖOvlash taqiqlangan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.