
Aquila chrysaetos Linnaeus, 1758
ssp. fulva Linnaeus, 1758 (1)
ssp. daphanea Severtzov, 1888 (2)
Maqomi :2(VU:R): Golarktika turining zaif, tabiatan kamyob, o`troq, lokal tarqalgan janubiy evropa (1) va markaziy osiyo (2) kenja turlari.
Tarqalishi: Ustyurt yassi tekisligi, Janubiy Orolbo`yi,Qizilqum (1), tog`li hududlar (2).
O`zbekistondan tashqarida: Angliya, G`arbiy Evropa janubi, G`arbiy Osiyo, Turkmaniston (1), O`rta va Markaziy Osiyo tog`lari (2). Ispaniya, Shimoliy Evrosiyo, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerikada - boshqa kenja turlar.
Yashash joylari: Cho`lning qumloq massivlari va qoldiq tog`lari, tog` etaklaridagi jarliklar, tog`larning o`rta va baland qismidagi qoyaliklar.
Soni: Doimo kam bo`lgan. 1970-1980 yy. 80-100 ta uyalovchi jufti hisobga olinar edi (Ustyurt- 2 , Qizilqum-10, Bo`kantov -7-8, Tomditov -7, Muruntov -3, Pistalitov - 2, Nurota t.-10, Hisor t.-12-16, Turkiston t.-4-5, Zarafshon t.-2, Chotqol t.-10).
Yashash tarzi: Qoyalar, jarliklar, daraxtlar, elektr uzatish ustunlarida in quradi; fevral- martda 1-3 ta tuxum qo`yadi va 43-45 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyuldan ucha boshlaydi. Katta bo`lmagan sutemizuvchilar, qushlar, ilonlar, toshbaqalar, ba`zan o`laksalar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Qo`riq erlarning o`zlashtirilishi; brakonerlik, inlarining buzib tashlanishi.
Ko`paytirish: Dunyoning ko`plab hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Qo`riqxonalar va milliy bog`larda muhofaza ostiga olingan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan