Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qironqora

Aguila heliaca Savigny, 1809

ssp. heliaca Savigny, 1809

Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, uchib o`tuvchi nominal kenja tur. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi: Ustyurt yassi tekisligi, Shimoliy Qizilqum (uyalash), tekisliklar (uchib o`tish). 

O`zbekistondan tashqarida: Evropa va G`arbiy Sibir janubi, Baykalorti, Xitoy va Mo`g`uliston shimoli, Qozog`iston, G`arbiy Osiyo (uyalash); G`arbiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Hindiston, Sharqiy Afrika (qishlash). Ispaniya, Marokashda - boshqa kenja turi.

Yashash joylari: Tekisliklar.

Soni: Doimo kam bo`lgan. 1970-1980 yy. Bo`kantov qoldiq tog`lari va Shimoliy Qizilqumda har 100 kv.km 0,4-0,8 jufti uyalar, yakka holda va ba`zan guruh bo`lib 15-tachasi uchib o`tar edi. Hozirda soni juda kamayib ketgan.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - fevral-aprelda, yoshlarining ko`chib yurishi - aprel-mayda. Fevral-mayda 1-3 ta tuxum qo`yadi va 43 kun bosib yotadi. Poloponlari iyul-avgustdan ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - oktyabr-dekabrda. Kemiruvchilar, tipratikon, toshbaqa va o`laksalar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Cho`l va yarim cho`l zonalarida qo`riq erlarning o`zlashtirilishi. Inlarining buzib tashlanishi, uyalash joylarida bezovta qilinishi. Ko`pi elekt uzatish tizmalarida nobud bo`ladi.

Ko`paytirish: Dunyoning ko`plab hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. SITES ning I-Ilovasiga kiritilgan

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009