Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Katta olachipor burgut

Aguila clanga Pallas, 1811

Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, uchib o`tuvchi tur.TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi: Tekisliklar va past tog`li hududlar (uchib o`tish). 

O`zbekistondan tashqarida: Evroosiyoning Sharqiy Evropadan tortib Primoregacha bo`lgan o`rmonli zonasi (uyalash); G`arbiy va Janubiy Osiyo (qishlash).

Yashash joylari: Tekisliklar va past tog`li hududlar.

Soni: Doimo kam bo`lgan. Yakka va mayda guruh (2-3) bo`lib uchib o`tadi.

Yashash tarzi:  Bahorda - fevral-mayda, kuzda - oktyabr-noyabrda uchib o`tadi. Mayda sutemizuvchilar, suv bo`yida yashovchi qushlar, qurbaqa va ilonlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Qo`riq erlarning o`zlashtirilishi. Ko`pi elektr uzatish tizmalarida nobud bo`ladi.

Ko`paytirish: Dunyoning ko`plab hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari:  Ovlash taqiqlangan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009