
Aquila rapax Temminck, 1828
ssp. orientalis Cabanis, 1854 (1)
ssp. nipalensis Hodgson, 1833 (2)
Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, uchib o`tuvchi evropa (2) va sharqiy (1) kenja turlari.
Tarqalishi: Ustyurt yassi te- kisligi (1: uyalash, uchib o`tish, ko`chish), tekisliklar va past tog`li hududlar (1: ko`chish, 2: uchib o`tish, qishlash). O`zbekistondan tashqarida: o`arbiy Qozog`iston, Rossiyaning janubiy Evropa qismi (1: uyalash), Janubiy, Markaziy, Sharqiy Qozog`iston va G`arbiy Sibir janubi, Xitoy, Mo`g`uliston (2: uyalash); O`rta Osiyo (uchib o`tish, qishlash). Sharqiy Afrika, G`arbiy va
Janubi-sharqiy Osiyo, Hindiston (qishlash). Afrika, Eron, Pokiston, Hindistonda -boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Tekisliklar va past tog`li hududlar.
Soni: 1948 y. bir necha donasi uyalagani qayd etilgan. Yakka holda va guruh (2-3) bo`lib, ba`zan bir kunda bir necha yuztasi uchib o`tadi. Bir necha o`ntachasi ko`chib yuradi, sanoqlisi nomuntazam qishlaydi.
Yashash tarzi:Bahorgi uchib o`tishi - mart-aprelda, yoshlari aprel-mayda ko`chib yuradi. Aprelda erga 1-3 ta tuxum qo`yadi va 45 kun bosib yotadi. Poloponlari iyuldan ucha boshlaydi.Kuzgi uchib o`tishi - oktyabr-noyabrda. Dekabrdan fevralgacha qishlaydi. Kemiruvchilar, o`laksalar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Qo`riq erlarning o`zlashtirilishi. Ko`pi elektruzatish tizmalarida nobud bo`ladi.
Ko`paytirish: Dunyoning ko`plab hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralar:.Ovlash taqiqlangan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.