
Circus macrourus (S.G. Gmelin, 1771)
Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, uchib o`tuvchi tur.TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [NT].
Tarqalishi: Qizilqum, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Surxondaryo d. vohalari.
O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Sharqiy Evropa, G`arbiy Sibir, Kavkaz, Kavkazorti, Shimoliy Eron (uyalash). Afrika, Iroq, Janubiy Eron, Hindiston, Pokiston (qishlash).
Yashash joylari: Tekisliklar.
Soni: 1970-1980 yy. uchrashi odatiy edi, ayrim joylarda ko`p bo`lgan; hozirda uchib o`tish davrida yakka va mayda guruh bo`lib bir necha yuztasi uchraydi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - mart-mayda, kuzgisi - avgust-oktyabrda. Mayda qushlar, kemiruvchilar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Cho`l va yarim cho`l zonalaridagi qo`riq erlarning o`zlashtirilishi.
Ko`paytirish: Ko`paytirilmagan. Hayvonot bog`larida saqlanadi.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.