Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Ilonburgut

Circaetus gallicus (S.G. Gmelin, 1788)

ssp. heptneri Dementiev, 1932

Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, uchib oʼtuvchi Turkiston kenja turi.

Tarqalishi: Baland togʼ va hay- daladigan yerlarda uyalamasligini hisobga olmaganda, deyarli hamma joyda tarqalgan. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston, Moʼgʼuliston (uyalash); Eron, Pokiston, Hindiston (qishlash). Yevropa, Аfrika, oʼarbiy Osiyo, Shimoliy Hindistonda - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Qumloq choʼllar, toʼqayzorlar, qoldiq togʼlar, togʼlarning choʼllashgan etaklari va d.s.b. 2500 metrgacha boʼlgan oʼrta qismlari.

Soni: 1970-1980 yy. 20 taga yaqin uyalovchi jufti qayd etilgan(Markaziy Qizilqum - 8, Orol-Paygʼambar - 1, Аmudaryoning quyi qismi - 2, Nurota t. - 2, Chotqol t. - 4-5; uyalashda - 50 tagacha juftsizi); jami, taxminan, 30-40 tagacha uyalovchi jufti boʼlgan. Hozirda soni keskin kamayib ketgan.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda. Daraxtlar, butalar, jarliklar va qoyalarga in quradi. Аprel-mayda (1, baʼzan 2) tuxum qoʼyadi va 35-47 kun bosib yotadi. Poloponlari avgust-sentyabrdan ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtish davri - sentyabr-oktyabrda. Kaltakesaklar va ilonlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi.

Kopaytirish:  Kopaytirilmagan. Hayvonot bogʼlarida saqlanadi.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Qoʼriqxonalar va milliy bogʼlarda muhofaza ostiga olingan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009