
Aegypius monachus (Linnaeus, 1766)
Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, oʼtroq, mozaik tarqalgan tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [NT].
Tarqalishi: Gʼarbiy Tyonshon, Gʼarbiy Pomir-Oloy, Boʼkantov, Tomditov qoldiq togʼlari.
Oʼzbekistondan tashqarida: Janubiy Yevropa, Shimoliy Аfrika, Gʼarbiy, Oʼrta va Markaziy Osiyo, Hindiston, Oltoy, Mongoliya, Xitoy.
Yashash joylari: Togʼlarning etak va oʼrta (d.s.b. 500-2500 m) qismlari (uyalash); togʼ va tekisliklar, shu jumladan haydaladigan yerlar ham (koʼchish).
Soni: 1980-yillarda 80 yaqin jufti (Nurota t. - 40-50; Boʼkantov- 5-6, Boysuntov - 1, Turkiston t. -6,Chotqol t. - 10-13), Hisor t. -75-80 zoti uyalashi qayd etilgan. Hozirda soni asta-sekin kamayib bormoqda.
Yashash tarzi: Daraxtlar, butalar (alohida juft boʼlib) va qoyalarda (koloniya boʼlib) uyalaydi. Fevral-aprelda 1 ta tuxum qoʼyadi va 54-56 kun bosib yotadi. Polo- ponlari iyul-sentyabrdan ucha boshlaydi. Nomuntazam koʼchib turadi. Tuyoqlilar oʼlaksasi, baʼzan esa toshbaqalar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Yovvoyi tuyoqlilar sonining kamayishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Dunyo hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Togʼ qoʼriqxonalari va milliy bogʼlarda muhofaza ostiga olingan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.