Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Boltayutar

Gypaetus barbatus (Linnaeus, 1758)

ssp. hemahalanus (Hutton, 1838)


Maqomi. 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, oʼtroq, lokal tarqalgan tur.

Tarqalishi: Gʼarbiy Tyonshon, Gʼarbiy Pomir-Oloy (uyalash); Qizilqum choʼli (koʼchish).

Oʼzbekistondan tashqarida: Oʼrta va Markaziy Osiyoning togʼ hududlari. Turkmaniston, oʼarbiy Osiyo, Janubiy Yevropa, Аfrikada - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Togʼlarning oʼrta va yuqori (d.s.b. 1000-4300 m) qismlari (uyalash), tekisliklar (koʼchish).

Son: 50-70 jufti uyalaydi (Koʼhitang t. - 5-6; Bobotogʼ t. - 5; Hisor t. - 15-20; Zarafshon, Turkiston, Nurota, Chotqol t. 5-6 juftdan; Qurama, Piskom, Ugom t. - 2-3 juftdan); jami poloponlari bilan birga - 200 taga yaqin.

Yashash tarzi: Qoyalarda in quradi; dekabr-fevralda 1-2 ta tuxum qoʼyadi va 55-60 kun bosib yotadi; poloponlari may-iyunda ucha boshlaydi; koʼchishi nomuntazam. Oʼlaksalar, koʼpincha tuyoqlilar suyaklari, baʼzan mayda qushlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Yovvoyi tuyoqlilar sonining kamayib ketishi.

Koʼpaytirish: Dunyo hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Togʼ qoʼriqxonalari va milliy bogʼlarda muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009