
Haliaeetus albicilla (Linnaeus, 1758)
ssp. albicilla (Linnaeus, 1758)
Maqomi 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, uchib oʼtuvchi nominal kenja tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [LR-nt].
Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi (uyalash), qishlashi va uchib oʼtishi - baland togʼlar va Fargʼona vodiysidan tashqari deyarli barcha hududlarda. Oʼzbekictondan tashqarida: Shimoliy Yevroosiyo sharqi (uyalash); Sharqiy Yevropa, oʼarbiy, Oʼrta va Janubi- sharqiy Osiyo, Shimoliy Hindiston, Koreya, Yaponiya (qishlash). Grenlandiyada - boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Tekislik va togʼ etaklaridagi yirik suv havzalari.
Soni: Doimo kam boʼlgan. Yakka holda, juft va guruh boʼlib uchib oʼtadi; uyalashi sanoqli va nomuntazam; 300-400 donaga yaqini qishlaydi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - fevral-martda. Qoyalarda in quradi; mart-aprelda 1-3-ta tuxum qoʼyadi va 35-40 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - sentyabr-oktyabrda, qishlashi - noyabrdan fevralgacha. Suvda suzuvchi qushlar, baliqlar, baʼzan oʼlaksalar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Orol havzasida suv rejimining oʼzgarishi oqibatida yashash joylarining yoʼqotilishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Dunyo hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche (uyalash joylari), Tuzkon, Dengizkoʼl, Qoraqir k. (uchib oʼtish, qishlash davri) buyurtmaxonalarda muhofaza ostiga olingan. SITES ning I-Ilovasiga kiritilgan