Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Uzun dumli suvburgut

Haliaeetus leucoryphus (Pallas, 1771)

Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, uchib oʼtuvchi tur.TMXI Kizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi:Janubiy Orolboʼyi (koʼchish); Аmudaryo havzasi boʼylab Termizdan Urganchgacha (koʼchish, qishlash); Qizilqum choʼli (uchib oʼtish). Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Sibirь janubi, Moʼgʼuliston, Xitoy (uyalash); Pokiston, Hindiston (uyalash, qishlash); Turkmaniston, oʼarbiy Osiyo (qishlash).

Yashash joylari: Tekislikdagi yirik suv havzalari, daryolarning toʼqayzorli qayirlari.

Soni: 1960-yillarda bir necha oʼn donasi uchrar edi, hozirda sanoqlisi, asosan uchib oʼtuvchi va qishlovchi zotlarigina qayd etiladi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - mart-may, koʼchib oʼtishi - iyun- avgustda. Kuzgi uchib oʼtishi - sentyabr-oktyabrda, qishlashi - noyabrdan fevralgacha. Suvda suzuvchi qushlar, baliqlar, kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Orol hav- zasida suv rejimining oʼzgarishi oqibatida yashash joylarining yoʼqotilishi, brakonerlik.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009