Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Suvqiygʼir

Pandion haliaetus (Linnaeus, 1758)

ssp. haliaetus (Linnaeus, 1758)

Maqomi: Kosmopolit

turning zaif, tabiatan kamyob, uchib oʼtuvchi nominal kenja turi. 

Tarqalishi: Xorazm vil. - uyalash; deyarli barcha hududlarda - uchib oʼtish. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Yevropa, Osiyoning shimolidan tashqari va Аfrika shimoli (uyalash); Osiyo va Аfrika janubi (qishlash). Shimoliy Аmerika, Аvstraliya, Okeaniyada - boshka kenja turlari.

Yashash joylari: Tekisliklar va togʼ etaklaridagi suvi tiniq havzalar.

Soni: Doimo kam boʼlgan. Bir necha yuztasi yakka holda va kichik gala boʼlib uchib oʼtadi; uyalashi - Аmudaryoning quyi qismida - sanoqli va nomuntazamdir.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - mart-may oylarida. Daraxt va simyogʼochlar ustiga in quradi. May-iyunda 2-3 ta tuxum qoʼyadi va 25 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - avgust-oktyabrda. Baliqlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar:Suv rejimining oʼzgarishi oqibatida yashash joylarining yemirilishi, elektr uzatish tizmalarida nobud boʼlishi.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudochьe, Dengizkoʼl, Qoraqir, Tuzkon k. buyurtmaxonalarda muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009