
Oxyura leucocephala (Scopoli, 1769)
Maqom: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [EN].
Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi, Zarafshon d. quyi oqimida (uyalash); Markaziy Qizilqum, Xorazm vohasi, Mirzachoʼl (uchib oʼtish); Dengizkoʼl (qishlash).
Oʼzbekistondan tashqarida: oʼarbiy Sibirь janubi, Qozogʼiston, Volga d. quyi qismi, Turkmaniston, Turkiya, Pokiston (uyalash); Janubiy Yevropa, Shimoliy Аfrika, Ozarbayjon, Eron, Pokiston, Hindiston (qishlash).
Yashash joylari:Tekislikdagi chuchuk va nimshoʼr suvli serqamish koʼllar.
Soni: 1930-yillarda mintaqada 30 mingdan ortigʼi yashar edi. Hozirda Oʼzbekistonda 2 ming donasigacha (dunyo populyatsiyasining 20%) uyalaydi, 5 mingdan ortigʼi uchib oʼtadi. Dengizkoʼlda 5 mingga yaqini qishlaydi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - fevral-martda. Qirgʼoqdagi qamishzorlarda yerga in quradi; mayda 6-10 ta tuxum qoʼyadi va 25-27 kun bosib yotadi. Poloponlari avgust-sentyabrda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - oktyabrda, noyabrdan fevralgacha qishlaydi. Suv oʼtlari va suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Аmudaryo va Sirdaryo havzalarida suv rejimining oʼzgarishi oqibatida yashash joylarining yoʼqotilishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Аngliya parvarishxonalarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche, Dengizkoʼl, Tuzkon k. buyurtmaxonalarda muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan