Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qiziltomoq g`oz

Rufibrenta ruficollis (Pallas, 1769)

Maqomi: 2(EN): Zaif, tabiatan kamyob, uchib o`tuvchi tur. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [EN].

Tarqalishi: Qoraqir, Aydarko`l, Tuzkon, Dengizko`l, Chordara, Oqtepa s.o. (qishlash). 

O`zbekistondan tashqarida: Shimoliy Sibir tundrasi (uyalash), Kaspiy dengizi janubi, Eron, Iroq (qishlash); Qozog`iston, Turkmaniston (uchib o`tish).

Yashash joylari: Suv va qirg`oq bo`yi o`simliklari g`uj bo`lib o`sgan yirik va chuqur suv havzalari.

Soni: Doimo kam bo`lgan. Hozirda bir necha donadan bir necha o`ntagacha uchib o`tadi.

Yashash tarzi:Bahorgi uchib o`tishi -fevral-martda, kuzgisi - noyabrda. Suv va qirg`oqbo`yi o`simliklari bilan oziqlanadi,boshoqli don ekinlari maydonlariga kirib turadi.

Cheklovchi omillar: Orol den-gizi havzasi suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining yo`qotilishi.

Ko`paytirish: Evropa parvarishxonalarida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Qoraqir, Tuzkon, Dengizko`l buyurtmaxonalarida

muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009