Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Оқ пешонали кичик ғоз

Anser erythropus (Linnaeus, 1758)

Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabia- tan kamyob, uchib o`tuvchi tur. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi: Amudaryo va Sirdaryo havzalari, Orolbo`yi janubi, Dengizko`l, Aydarko`l, Chordara, Surxon s.o. (uchib o`tish, qishlash). 

O`zbekistondan tashqarida: Evroosiyo shimolidagi tundra zonasi (uyalash); Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston (uchib o`tish, qishlash).

Yashash joylari: Daryo o`zanlari va deltalari, suv va qirg`oqbo`yi o`simliklari g`uj bo`lib o`sgan yirik suv havzalari.

Soni: Doimo kam bo`lgan .Hozirda 200 dan - 2 mingtachasi (jahon populyatsiyasining 0,5-5%) uchib o`tadi va qishlaydi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - fevral-aprelda, kuzgisi - ok- tyabr-noyabrda, dekabrdan fevral-gacha qishlaydi. Suv va qirg`oqbo`yi o`simliklari bilan oziqlanadi, boshoqli don ekinlari maydonlariga kirib turadi.

Cheklovchi omillar: Orol dengizi havzasi suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining

emirilishi.

Ko`paytirish: 1989 yildan Finlyandiya parvarishxonalarida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche, Qoraqir, Tuzkon buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan.


«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009