
Vishildoq oqqush
Cygnus olor (S.G. Gmelin, 1789)
Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, uchib o`tuvchi tur.
Tarqalishi: Amudaryo havzasi (uyalash); Qizilqum (ko`chish, qishlash).
O`zbekistondan tashqarida: Evroosiyo shimoli.
Yashash joylari:Dengiz qirg`oqlari, tashlama suv ko`llari va suv omborlari.
Soni:1950-yillarda janubiy Orolbo`yida ko`p uchrar edi, hozirda yashash joylarining ayrimlarida yo`q bo`lib ketgan. Amudaryo deltasida 300-400 ga yaqin jufti uyalaydi, bir necha yuztasi unchakatta bo`lmagan (2-15) galalarda uchib o`tadi va qishlaydi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - fevral-mart oylarida. Qalqib yuruvchi qamishqoplamlarda uyalaydi, may oyida 3-9 ta tuxum qo`yadi va 35 kun bosib yotadi, poloponlari avgust-sentyabrda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi -oktyabrda; qishlashi - noyabrdan fevralgacha. Suv o`simliklari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Orolbo`yi suv havzalari suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining emirilishi, brakonerlik.
Ko`paytirish. Dunyo hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche (uyalash joylari), Tuzkon, Qoraqir va Dengizko`l (uchib o`tish, qishlash) buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009