
Phoenicopterus roseus Pallas, 1811
Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, uchib o`tuvchi tur.
Tarqalishi: Orol dengizining janubiy qirg`og`i (muntazam uchib o`tishi); Sirdaryo va Amudaryo suv havzalari (ayrim uchrashlari). O`zbekistondan tashqarida: Evroosiyoning janubiy-g`arbi, Shimoliy va Janubiy Afrika (uyalash); Kaspiy dengizi janubi, O`rta Er dengizi, Hindiston, Pokiston (qishlash).
Yashash joylari: Tekislikdagi yirik, sayoz ko`llarning botqoqlash- gan qirg`oqlari.
Soni: Doimo kam bo`lgan. Odatda 10-15 qushdan iborat galalarda, bir necha o`ntadan bir necha yuztasigacha uchib o`tadi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - mart-mayda, kuzgisi - avgust- oktyabrda. Suvda yashovchi umurtqasizlar va suv o`simliklari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Orolbo`yi suv havzalari suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining emirilishi, brakonerlik.
Ko`paytirish: Evropa va Osiyo hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan.SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.