
Plegadis falcinellus (Linnaeus, 1766)
Maqomi. 2(VU:D): Kosmopolit turning zaif, qisqarib borayotgan, uchib o`tuvchi nominal tur.
Tarqalishi: Amudaryoning quyi qismi (uyalash), Amudaryo va Sirdaryo vohalaridagi suv havzalari (uchib o`tish).
O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Turkmaniston, Janubiy Evropa (uyalash); o`arbiy Osiyo, Hindiston, Bangladesh, Afrika, Madagaskar o. (uyalash, qishlash). Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyada - boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Tekislikdagi qamishzorli sayoz suv havzalari.
Soni: 1960-yillarda Janubiy Orolbo`yida uchrashi odatiy edi,hozirda ko`pgina yashash joylarida yo`q bo`lib ketgan. Amudaryo deltasida 700-800 jufti uyalaydi;bir necha yuztasi uchib o`tadi.
Yashash tarzi:Bahorgi uchib o`tishi - aprel-may oylarida. Qamishzor, suv bosgan butazorlarda boshqa qo`ton turlari bilan koloniya bo`lib uyalaydi; may-iyunda 3-6 ta tuxum qo`yadi va 21 kun bosib yotadi; poloponlari iyunda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - iyul-sentyabrda. Mayda baliqlar va suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Orolbo`yi suv havzalarida suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining emirilishi.
Ko`paytirish: Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche, Qoraqir, Tuzkon buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan