
Qoshiqburun
Platalea leucorodia Linnaeus, 1758
Maqomi. 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, uchib o`tuvchi tur.
Tarqalishi:Janubiy
Orolbo`yi, Sirdaryo, Amudaryo va Surxondaryo havzalari, Farg`ona vodiysi (uyalash, uchib o`tish).
O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Sibir janubi, Uzoq Sharq, Mo`g`uliston, Xitoy shimoli, o`arbiy Osiyo, Evropa, Shimoliy Afrika (uyalash); Hindiston (uyalash, qishlash); Xitoy janubi, Markaziy Afrika (qishlash).
Yashash joylari: Tekislikdagi suv havzalari.
Soni: 1960-yillarda Janubiy Orolbo`yida uchrashi odatiy edi, hozirda ko`pgina yashash joylarida yo`q bo`lib ketgan. Amudaryo deltasida 200 yaqin, Farg`ona vodiysida 50 yaqin, Aydar-Arnasoy ko`llarida 50 yaqin, Amu-Buxorova Qarshi kanallari bo`ylab 100 juftgacha uyalaydi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - aprel-mayda. Qamishzor, suv bosgan butazorlarda boshqa qo`ton turlari bilan koloniya bo`lib uyalaydi; may-iyunda 3-5 tuxum qo`yadi va 21-25 kun bosib yotadi, poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - avgust-sentyabrda.Mayda baliqlar, qurbaqalar va suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Orol den- gizi havzasi suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining emirilishi.
Ko`paytirish: Evropa va Osiyo-ning ko`plab hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche, Tuzkon, Qoraqir, Dengizko`l buyurtmaxona- larida muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009