Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qora laylak

Ciconia nigra (Linnaeus, 1758)

Maqomi. 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, uchib o`tuvchi tur.Tarqalishi. G`arbiy Tyonshon,G`arbiy Pomir-Oloy(uyalash); tekisliklar va past tog`li hududlar(uchib o`tish). 

O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyoning boshqa mamlakatlari, Qozog`iston, Evropa, o`arbiy Osiyo, Sibir, Uzoq Sharq, Koreya, Xitoy shimoli (uyalash); Afrika, Hindiston, Xitoy janubi (qishlash).

Yashash joylari: D.s.b. 700¬2000 m bo`lgan tog` vohalari (uyalash); tekislikdagi suv havzalari (uchib o`tish).

Soni: Doimo kam bo`lgan. Taxminan 20 jufti uyalaydi, bir necha o`ntasi uchib o`tadi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - fevral-martda. Qoyalar va jarliklarda uyalaydi; aprel-may- da 2-5 ta tuxum qo`yadi va 32-38 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - avgust- sentyabrda. Mayda baliqlar, qurbaqalar, sudralib yuruvchilar va umurtqasizlar bi-lan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar:Tog`li hududlarning o`zlashtirilishi, uyalash joylarida bezovta qilinishi.

Ko`paytirish: Evropa hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Tog` qo`riqxonalari va milliy bog`larda muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009