Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Turkiston oq laylagi

Ciconia ciconia (Linnaeus, 1758)

ssp. asiatica Severtzov, 1873

Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, uchib o`tuvchi turning turkiston kenja turi.

Tarqalishi: Sirdaryoning o`rta oqimi, Chirchiq daryosining quyi va o`rta oqimi, Farg`ona vodiysi, Turkiston t. etaklari Surxondaryo vil. janubi (uyalash, qisman qish- lash), Xorazm, Buxoro, Samarqand, vohalari (ilgari uyalagan). 

O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozog`iston, Xitoyning g`arbi (uyalash); Eron, Hindiston, Shri-Lanka (qishlash). Evropa, Afrika va o`arbiy Osiyoda - boshqa kenja turi.

Yashash joylari :Vohalar, sug`oriladigan maydonlar,botqoqlar, daryo bo`ylari.

Soni: 1960-1980-yillarda markaziy va janubi-g`arbiy da uchrashi odatiy edi,hozirda sharqiy populyatsiyalarigina saqlanib qolgan.1,5 ming jufti uyalaydi(jahon populyatsiyasining70-80%), undan 95% Farg`ona vodiysida; bir necha yuztasigina qishlaydi.

Yashash tarz: Bahorgi uchib o`tishi - fevral-mart oylarida. Baland daraxtlarda, elektr uzatish tizmasi tayanchlarida koloniya bo`lib uyalaydi; aprel-may oylarida 3-5 ta tuxum qo`yadi va 32-34 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - avgust-sentyabrda.Mayda baliqlar, qurbaqalar, sud

Cheklovchi omillar:Tekislikdagi daryolar suv rejimining o`zgarishi va namli erlarning quritilishi oqibatida yashash joylarining emirilishi.

Ko`paytirish: Ko`paytirilmagan.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009