Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Sariq qo`ton
Ardeola ralloides (Scopoli, 1769)
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, lokal tarqalgan, uchib o`tuvchi tur.
Tarqalishi: Amudaryoning quyi qismi (uyalash); Amudaryo havzasi (uchib o`tish).
O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Turkmaniston, Janubiy Evropa (uyalash); Osiyoning g`arbi, Afrika (uyalash, qishlash).
Yashash joylari: Tekislikdagi qamishzor yoki butazorli suv havzalari.
Soni: 1960-yillarda Janubiy Orolbo`yida uchrashi odatiy edi, hozirda ko`pgina yashash joylarida yo`q bo`lib ketgan. Amudaryoning quyi qismida taxminan 100 jufti uyalaydi, boshqa hududlarda ayrim donalari uyalamagan holda kuzatilgan.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`ti- shi - aprel-mayda. Qamishzorlar- da, suv bosgan butazorlarda boshqa qo`tonlar bilan birgalikda koloniya bo`lib uyalaydi. May-iyunda 4-7 ta tuxum qo`yadi va 22-24 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun- iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - avgust-sentyabrda. Mayda baliqlar, qurbaqalar va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Amudaryo havzasida suv rejimining o`zgarishi natijasida yashash joylarining emirilishi.
Ko`paytirish: Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009