
Egretta garzetta (Linnaeus, 1766)
ssp. garzetta (Linnaeus, 1766)
Maqomi: 2(VU:D):): Zaif, uchib o`tuvchi nominal kenja tur.
Tarqalishi:Janubiy Orolbo`yi va Amudaryo havzasi (uyalash), Sirdaryo havzasi (qishlash).
O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyoning boshqa mamlakatlari, Qozog`iston, Sharqiy Evropa janubi, Janubiy Osiyo, Afrika (uyalash); O`rta Er dengizi, o`arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika (qishlash). Janubi-sharqiy Osiyo, Madagaskar o., Avstraliyada - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Tekislikdagi qamish to`qayzorli suvli havzalar.
Soni: 1960-yillarda Janubiy Orolbo`yida uchrashi odatiy edi, hozirda ko`pgina yashash joylarida
yo`q bo`lib ketgan. Amudaryo deltasida 300-350 juft, o`rta oqimidagi suv havzalarida - birnecha yuz jufti uyalaydi,bir necha yuztasi uchib o`tadi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - aprelda.Qamishzor, suv bosgan butazorlarda koloniya bo`lib uyalaydi; may oyida 4-5 ta tuxum qo`yadi va 21-25 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - sentyabr-oktyabrda. Mayda baliqlar, qurbaqalar va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining emirilishi.
Ko`paytirish: Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Sudoche Qoraqir, Dengizko`l buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan.