Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qorabuzov (kichikqoravoy)

Phalacrocorax pygmaeus (Pallas, 1773)

Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, uchib o`tuvchi tur. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [LR-nt].

Tarqalishi: Orol dengizi, Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo havzalari, Sirdaryoning o`rta oqimi va respublikaning janubi (uyalash, qishlash). 

O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyoning boshqa mamlakatlari, Qozog`iston (uyalash); Sharqiy Evropa janubi, o`arbiy Osiyo (uyalash, qishlash).

Yashash joylari: Tekislikdagi ko`l va suv omborlari, zavurlar.

Soni:Ilgari Orol dengizidagi orollarda uyalagan, hozirda uyalamaydi. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yangi joylarni o`zlashtirmoqda. 10-12 ming jufti uyalaydi (dunyo populyatsiyasining 30-35 %), 10 mingga yaqini qishlaydi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - mart-aprelda. Qamishzor, suv bosgan butazorlarda koloniya bo`lib uyalaydi, aprel-mayda 4-6 ta tuxum qo`yadi va 27-30 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - oktyabrda, qishlash - oktyabrdan martgacha. Mayda baliqlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Orol dengizi havzalarida suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining emirilishi.

Ko`paytirish: Ko`paytirilmagan.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Buyurtma xonalarda (Sudoche, Tuzkon, Qoraqir, Dengizko`l k.) uyalash, uchib o`tish va qishlash joylarida muhofaza ostiga olingan.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009