
Pelecanus onocrotalus Linnaeus, 1758
Maqomi. 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, uchib o`tuvchi tur.
Tarqalishi:Janubiy Orolbo`yi (uyalash); Amudaryo, Za- rafshon, Sirdaryo havzalari (uchib o`tish, qishlash).
O`rta Osiyoning boshqa mamlakatlari,Qozog`iston,Sharqiy Evropa janubi (uyalash); o`arbiy Osiyo, Hindiston, Afrika (uyalash, qishlash).
Yashash joylari: Yirik tekislik suv havzalari.
Soni:1960-yillarda Janubiy Orolbo`yida uchrashi odatiy edi, hozirda bu erdagi soni 7 mingtaga yaqin. 500-700 jufti (dunyo populya- tsiyasining 2-3 %) uyalaydi. Bir necha yuztasi qishlaydi, galada birnecha mingtagachasi uchib
o`tadi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib o`tishi - mart-aprelda. Qamishli to`qaylarda koloniya bo`lib uyalaydi,aprel-mayda 2-3 ta tuxum qo`yadi va 29-30 kun bosib yotadi, poloponlari iyun-avgustda ucha boshlaydi.Uyalashdan so`ng ko`chadi (avgust-sentyabr). Kuzgi uchib o`tishi - sentyabr-noyabrda, qishlashi - noyabrdan fevralgacha. Baliqlar bilan
oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Orol dengizi havzasida suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining emirilishi. Brakonerlik, koloniyalarining vayron
Ko`paytirish: Dunyo hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Buyurtmaxonalarda uyalash joylarida (Sudoche k.), ko`chish, uchib o`tish va qishlash davrida (Tuzkon, Qoraqir, Dengizko`l k.) muhofaza qilinadi.