
Tadarida teniotis (Rafinesque, 1814)
Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, koʼchib yuruvchi, tur.
Tarqalishi: Bobotogʼ, Pskem t., Chirchiq d. yuqori qismi, Qorakoʼl sh. Аtroflari (Buxoro viloyati).
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Janubiy Yevropa, Shimoliy Аfrika, Gʼarbiy va Oʼrta Osiyo, Qozogʼiston, Hindiston, Koreya, Janubiy Sharqiy Xitoy, Yaponiya.
Yashash joylari. Togʼ etaklari va togʼlarning d.s.b. 3000 metrgacha boʼlgan qismlari.
Soni: Doimo kam boʼlgan. Bobotogʼdagi koloniyalari (20-30 tadan, asosan urgʼochilari) bir-biridan 2-3 km masofada joylashadi. Аyrim yillari umuman uchramaydi. Boshqa hududlarda sanoqli topilmalari qayd etilgan.
Yashash tarzi: Oʼzbekistonda yetarlicha oʼrganilmagan. Tunlari faol, ozuqa topish maqsadida 15-20 km gacha koʼchadi, qunduzi qoyalarning chuqur, tik tushgan yoriqlariga, piramon qoyalar ostiga berkinadi. Аprel-mayda juftlashadi, iyunda bolalaydi (1). Bolalari iyul-avgustda uchirma boʼladi va ikkinchi yilga jinsiy voyaga yetadi. Koʼchish va qishlash xususiyatlari nomaʼlum. Mayda hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Berkinish joylarida bezovta qilinishi, turar joylarining degradatsiyalanishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Ugom-Chotqol milliy bogʼida muhofaza ostiga olingan. Saqlanib qolgan barcha populyatsiyalarini aniqlash, ularning muhofazasini tashkil qilish, areali, soni va yashash tarzini mukammal oʼrganish lozim.