Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Oq qorinli oʼq quloq
Otonycteris hemprichi Peters, 1859
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan oʼtroq tur.
Tarqalishi: Koʼxitang, Nurota, Qurama t., Sirdaryo, Zarafshon d. Vohalari, Surxondaryo viloyati- ning shimoliy va janubiy qismlari .
Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Shimoliy Аfrika, Gʼarbiy Osiyo, Hindiston.
Yashash joylari: Choʼl tekisliklari, togʼ etaklari d.s.b. 1000 metrgacha boʼlgan qismi.
Soni:  Doimo kam boʼlgan. Erkaklari odatda yakka-yakka holda, urgʼochilari kichik guruhlar (3-7 ta) boʼlib uchraydi, urgʼochilari koʼpayish davrida koloniyalar (15¬25 ta) hosil qilib yashaydilar.
Yashash tarzi: Oʼzbekistonda yetarlicha oʼrganilmagan. Аprel-oktyabrda tungi paytlari faol,kunduz kunlari tashlandiq xarobalar, qorlarga,qoyalar yoriqlariga, eski yer osti yoʼllariga berkinadi. Yakka-yakka holda qishni ham oʼsha yerda oʼtkazadi. Bahor va kuzda 100 km gacha koʼchadi. Kuz yoki bahorda juftlashadi, iyun-iyulda bolalaydi (odatda 2). Bolalari iyul-avgustda ucha boshlaydi, bir qishlovdan soʼng jinsiy voyaga yetadi. Аsosan qoʼngʼizlar, baʼzida ninachilar va kapalaklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Berkinadigan joylarida bezovta qilinishi, yashash joylarining degradatsiyalanishi.
Koʼpaytirish:  Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Nurota qoʼriqxonasi va Ugom-Chotqol milliy bogʼida muhofaza ostiga olin- gan. Saqlanib qolgan barcha poplyatsiyalarini aniqlash, muhofaza choralarini ishlab chiqish va tashkil qilish maqsadida tur biologiyasini oʼrganish lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009