Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Kichik taqaburun
Maqomi. 2 (VU:D): zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan o‘troq kenja tur. TMXI qizil ro‘yxatiga kiritilgan [VU].
Tarqalishi. Oloy t. (Shohimar - don q. atroflari), Nurota, Zaraf - shon, Hisor t., Ugom, Pskom D. vo - diylari, Toshkent sh. atroflari. Oʻzbekistondan tashqarida: Oʻrta Osiyo, Qozog‘iston, Eron, Afg‘onis - ton, Pokiston. Evropa, Afrika shimoli, Turkiya, Arabistonda - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Tekisliklar, tog‘etaklari va D.s.b. 2500 metrga - cha bo‘lgan o‘rta qismlari, vohalar.
Soni. Doimo kam bo‘lgan. Odat - da yakka holda yoki kichik galalarda (3-15 ta) uchraydi, baʼzan 300 taga - cha bo‘lib koloniya hosil qiladi.
So‘nggi o‘n yilliklarda soni kes - kin kamayib ketdi.
Yashash tarzi. Aprel-oktyabrda kechalari faol, kunduzi tashlandiq binolarda, qorlarda, qoyalar kovak - larida, eski er osti yo‘llarida ber - kinadi, o‘sha erda qishlaydi ham. Bahorgi va kuzgi ko‘chish doirasi - 10 km gacha. Sentyabr-oktyabrda, baʼzan aprelda qishki boshpanalarda juftlashadi; urg‘ochilari bahor va yozda koloniyalar hosil qiladi. Iyun-iyulda bolalaydi (1). Bolala - ri avgust boshlarida uchirma bo‘la - Di, 2 qishlovdan so‘ng jinsiy voyaga etadi. Ikkiqanotli hasharotlar, mayda tangaqanotlilar va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Yashirina digan joylarida bezovta qilinishi, yashash joylarining degradasi - yalanishi.
Ko‘paytirish. Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari. Ugom - Chotqol milliy bog‘ida, Nurota, Ki - tob, Hisor qo‘riqxonalarida muhofaza ostiga olingan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009