
Equus hemionus Pallas, 1775
ssp. kulan Groves et Mazak, 1967
Maqomi: 0 (EW): mamlakat tabiatida yoʼq boʼlib ketgan Turon kenja turi. TMXI qizil roʼyxatiga kiritilgan [EN].
Tarqalishi: XIX-asr oxirigacha Ustyurtda doimo boʼlgan. Hozirda "Jayron" Ekomarkazida iqlimlashtirilgan yarim erkin populyatsiyasi mavjud. Oʼzbekistondan tashqarida : oʼtmishda - Ukraina, Volga va Ural oʼrtasidagi xudud, Kavkaz oldi, Kalmikiya, Kavkaz orti, Gʼarbiy Sibir va Shimoliy Qozogʼiston janubi, Turkmaniston, Sharqiy Baykalorti, Moʼgʼuliston; hozirda - Turkmaniston, Qozogʼiston (reintroduktsiyalashtirilgan).
Yashash joylari: Tekislikdagi va past-baland choʼllar va yarim choʼllar, togʼ etaklari. Turar joylarga asosiy talab - suvloqlar mavjudligi va kamqor qishlar. Mustahkamlanmagan qumlarning katta joylaridan chetda yuradi. Oʼtmishda yoz faslida mavsumiy koʼchish davrida boshoqli va har xil oʼtli choʼllarda yashagan.
Soni: ʼJayron" Ekomarkazida 67 dona.
Yashash tarzi: Аygʼirlari yetakch ili gida 4-5 urgʼochi va 3-4 yosh qulonlardan iborat poda hosil qiladi. 3 yoshdan oshgan erkak qulonlar toʼdadan chiqarib yuboriladi. Qari qulonlar odatda bittalab yoki kichik guruhlar hosil qilib yuradi. Kuzda toʼdalar 100 ta va undan xam koʼproq boʼlib birga qoʼshilib podalar hosil qilishi mumkin. Juftlashish davri, odatda, may-iyunda; 1 ta quloncha tugʼiladi, u bir yoshgacha onasidan ajramaydi. Boshoqli oʼsimliklar, yejovniklar, shuvoqlar, solyankalar bilan oziqlanadi. Yozda koʼchib yuradi.Cheklovchi omillar. Oʼtmishda - nazoratsiz ovlash; choʼl zonalarining oʼzlashtirilishi, qishning qahraton sovuq kelishi, yaxvonlik.
Koʼpaytirish: Dunyoning parvarishxonalari va hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. "Jayron" Ekomarkazida muhofaza ostiga olingan. SITESning I Ilovasiga kiritil-gan. Kelgusida koʼpaytirish va reintroduktsiyalashtirish dasturini rivojlantirish zarur.