Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Jayron

Gazella subgutturosa (Gueldenstaedt, 1780)

ssp. subgutturosa (Gueldenstaedt, 1780)

Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi:Ustyurt yassi tekisligi, Janubiy Orol boʼyi, Qizilqum sahrosi, Kimirekqum, Sunduqli, Yakkachakka qumliklari va Qarshi choʼli, Surxondaryo viloyatining ayrim joylari. Hozirgi kunda areal bir qancha mayda populyatsiyalarga fragmentlashtirilgan, koʼpchiligining bir biri bilan aloqasi yoʼq. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Oʼrta Osiyo mamlakatlari, Qozogʼiston, Kavkazorti, Eron, Аfgʼoniston, Pokiston, Xitoy (Sinjon), Moʼgʼuliston.

Yashash joylari:  Tekis yoki past baland choʼllar, yarimchoʼllar va qiradirlar, choʼlga aylangan togʼ etaklari. Shagʼalli va sertuproq yerlarni afzal koʼradi. Qishda oʼnqir-choʼnqir relьefli joylarda, yassi tekisligining daralarida va chuqurliklarida yashaydi; toʼqayli oʼrmon chekkalariga, jarliklarga va teksliklarga kirib keladi. Yashash joylarga boʼlgan muxim talablar - suvloqlarning mavjudligi.

Soni:  XXI asrning boshida soni 5-6 mingta deb baholangan, ulardan Buxoro viloyatida -1400¬1600: massivlar Koʼljoʼqtov - 150¬180, Qoratov - 50-70, Kimirekqum - 50-80, Sunduqli -80-100; Аmudaryo qismi - 100-200 dona; "Jayron" Ekomarkazi - 902, ekomarkazning ilmiy-amaliy qismi - 39-45. Hozirda - taxminan 4 mingta deb baholanishi mumkin.

Yashash tarzi:  Poda hosil qiladi, qoʼproq oʼtroq yoki yarimoʼtroq boʼlib yashaydi, faqat arealning shimoliy qismlarida nomuntazam mavsumiy koʼchib yuradi. Oʼtsimon oʼsimliklar bilan oziqlanadi. Noyabr-dekabrda juftlashadi, aprelь-may oylarida bolalaydi (1¬2, bazida -3); bolalari avgust- sentyabrgacha onasidan ajramaydi, urgʼochilari 7-8 oyda, erkaklari - 18-19 oyda jinsiy voyaga yetadi, ammo jinsiy koʼpayishda ilk bor, asosan, 2-3 yoshida ishtirok etadi. 

Cheklovchi omillar: Yerlarning xoʼjalik maqsadda oʼzlashtirilishi, brakonerlik, yaxvonlik va koʼp qor yogʼishlari .

Koʼpaytirish: Erksizlikda - "Jayron" ekomarkazi, Qorakoʼl ovlash xoʼjaligi,Toshkent sh. xayvonot bogʼi volьerlarida muvaffaqiyatli koʼpaytirilmoqda.

Muhofaza choralari:  Ovlash taqiqlangan. Tutqinlikda va yarimtutqinlik sharoitlarida koʼpaytirish maqsadida "Jayron" Ekomarkazi tashkil qilingan. Qizilqum qoʼriqxonasida, Qarnabchoʼl, Muborak, Sechankoʼl, Dengizkoʼl, Qoraqir buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan. Xozirgi turar joylarda xoʼjalik faoliyatlarni olib borishga taqiq/chek qoʼyish zarur: daydi itlarga qarshi kurashni kuchaytirish, qoʼy podalari yonida itlar sonini cheklashtirish. Jayronlar suv manbalariga yetib bo- rish imkonini yaratish. Qizilqumda (Boʼkantov, Koʼljoʼqtov), Ustyurt yassi tekisligida qoʼshimcha qoʼriqxonalar tashkil qilish.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009