
Saygʼoq (oq quyruq)
Saiga tatarica (Linnaeus, 1766)
ssp. tatarica (Linnaeus, 1766)
Maqomi: 3 (VU): Zaif,qisqarib borayotgan kenja tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [CR A2acd], {CR A2acd}.
Tarqalishi: Ustyurt yassi tekisligi, Orol dengizining sharq sohili, Vozrojdenie yarim oroli. Oʼtmishda: Shimoliy Qizilqumlar, Sirdaryo d. qayiri, shu jumladan Fargʼona vodiysining tekis joylari.
Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Rossiya, Turkmaniston, Mugʼulistonda - boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Choʼllar, yarimchoʼllar va sahrolar.
Soni: Oʼtmishda koʼp boʼlgan. Soʼnggi 10 yil ichida soni 80% ga kamayib ketdi va kamayishi davom etmoqda. Qozogʼistonning shimoliy xududlaridan koʼchib keladigan xayvonlar soni xar yili ob-havo sharoitlariga bogʼliq xolda oʼzgarib turadi va 1000 - 7000 donani tashkil qiladi. Rezident guruhlar soni: Vozrojdenie yarim oroli - 200 dona, Orol dengizining sharq sohili - 1500 dona.
Yashash tarzi: Poda boʼlib yashaydi, mavsumiy koʼchadi. Voyaga yetgan erkaklari oʼrtacha 10-15 tadan, maksimal 50 taga yaqin urgʼochilardan haram tashkillashtiradi. Juftlashish davri - dekabr; aprel ohirida-may boshlarida bolalaydi (1¬2); Urgʼochilari 1-1,5 yoshda, erkaklari - 2-2,5 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Oʼtsimon oʼsimliklar, choʼl yarim butalari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Brakonyerlik, yashash joylarining oʼzlashtirilishi va fragmentatsiyalanishi (chegaralab qoʼyilishi), yaylovlar sifatining pasayishi, ob havo sharoitlari noqulayligi (sovuq qishlar, yozgi qurgʼoqchiliklar), yirtqichlarning quvlashi (boʼri), kasalliklar.
Koʼpaytirish: Rossiya, Xitoy va Ukrainada parvarishxonalar sharoitlarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan. Oʼzbekiston saygʼoqni saqlash, tiklash va barqaror foydalanish boʼyicha hamjihatlik toʼgʼrisidagi Memorandumga imzo chekdi. "Saygʼoq" qoʼriqxonasi xududida muhofaza ostiga olingan. Brakonьerlikka qarshi kurashni kuchaytirish, yashash joylari muhofazasini yaxshilash, targʼibot ishlarini olib borish, transchegaraviy hamkorlikni kuchaytirish zarur.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009