
Ovis ammon (Linnaeus 1758)
ssp. severtzovi, Nasonov, 1914
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [NT].
Tarqalishi: Oʼtmishda - Markaziy va Gʼarbiy Qizilqumning qoldiq togʼlarida, Nurota, Molguzar, Turkiston, Zarafshon t. Hozirda - Nurota, Oqtov t., Tomditov qoldiq togʼida, va, ehtimol, Molguzar t.
Oʼzbekistondan tashqarida: oʼtmishda - Qozogʼiston gʼarbi. Oʼrta Osiyo va Qozogʼistonning qolgan hududlarida, Gʼarbiy Sibir janubida, Xitoy, Аfgʼoniston, Pokiston, Hindistonda - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Togʼlarning oʼrta va yuqori qismlari (d.s.b. 500-2000 m ). Qishda togʼ etaklari va vodiylarga tushadi.
Soni: Umumiy soni 1800-2000 donani tashkil etadi, ulardan Nu-rota t. markaziy qismi, Nurota qoʼriqxona xududlarida taxminan 1600 dona, gʼarbiy Nurotada - 150, sharqiy Nurotada va Qoytosh t. da - 100 donagacha yashaydi. 1960-yillarda Oqtovda 120-150 donasi yashar edi, hozirda bir necha oʼn donasi qolgan; Tomditovda oʼtmishda 100-120 bosh arxar, hozirgi kunda - 50 tadan ortiq emas. Turkiston t. dagi soni nomaʼlum, ohirgi aniq boʼlgan uchrashuv 1991 y. qayd qilingan, soni 30-40 dona boʼlgan deb baholangan. Zomin qoʼriqxonasi xodimlarining yagona uchrashuvlari haqidagi ogʼzaki maʼlumotlari mavjud, eng soʼngisi 2009 y. qayd qilingan.
Yashash tarzi: Poda boʼlib yashaydi, mavsumiy koʼchadi. Juftlashish davri - oktyabr-noyabr, aprel-mayda bolalaydi (1-2);bolalari bir yoshgacha onasidan ajralmaydi, koʼpincha - ikki yoshgacha, urgʼochilari esa - undan xam koʼproq, 2-4 yoshda jinsiy voyagi yetadi. Аsosan oʼtsimon oʼsimliklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Yashash joylarining oʼzlashtirilishi, brakonьerlik, arealining uzilganligi.
Koʼpaytirish: 1991 yildan boshlab Nurota qoʼriqxonasining parvarishxonasida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan. Mavjud yashash joylari muhofazasini tashkil qilish va parvarishxonalarda koʼpaytirish lozim.